17:13 / 19.06.2015
5491

“Minor” jome' masjidining veb sayti “Ramazon – 2015” tanlovini e'lon qildi

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi “Minor” jome' masjidining www.minor.uz sayti kirib kelgan muborak oy munosabati bilan “Ramazon – 2015” tanlovini e'lon qildi.

Tanlov ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Muborak Ramazon oyi haqida maqolalar tanlovi.
2. Muborak Ramazon oyi haqida she'rlar tanlovi.

Maqolalar va she'rlarni Ramazonning 27-kunigacha bahodir2580@mail.ru manziliga yuborishingiz mumkin. Eng sara maqola va she'rlar www.minor.uz saytida e'lon qilinadi. Tanlov natijalari Ramazon hayiti arafasida ma'lum qilinadi. G‘olib bo‘lgan muxlislarga maxsus savg‘alar topshiriladi.

Manba: Qadriyat.uz

Top