14:16 / 19.06.2015
2158

Buxoroda sayyohlar uchun etnoqishloq qurilishi boshlandi

Buxoro shahrida xorijlik sayyohlar uchun etnoqishloq qurilmoqda. Bu haqda "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasining Buxoro viloyati bo‘yicha hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi Bekzod Idiyev ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, 2013-2015 yillar mobaynida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida viloyat markazidan uzoq bo‘lmagan hududda 17-18 asrlar qiyofasini jonlantiruvchi qishloq bunyod etiladi.

"Endi qadimiy Buxoro shahriga tashrif buyuruvchi mehmonlar o‘tmish davridagi mehnatkashlarning ish jarayonlari bilan jonli tarzda tanishishlari mumkin. Bu qishloqqa ilk sayyohlar shu yilning o‘zida tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi", deydi Idiyev.

Top