07:01 / 19.06.2015
1442

Liviyalik jangarilar tomonidan bandilikda saqlangan tunislik diplomatlar ozod etildi

Liviyalik jangarilar Tunis tomonidan “Liviya tongi” guruhi qo‘mondoni ekstraditsiya qilingandan keyin asirlikka olingan tunislik diplomatlarni ozod qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Liviyada qo‘lga olingan diplomatlar o‘tgan kecha Tripolidagi Tashqi ishlar vaziri Muhammad al-G‘araniy va Tunis Tashqi ishlar vazirining Mag‘rib va Afrika bo‘yicha yordamchisi At-Taxamiy al-Abduliy bilan o‘tkazilgan muvaffaqiyatli muzokaralardan keyin qo‘yib yuborildi”, deb aytmoqda diplomatik manba.

Muzokaralar Tunis hukumati tomonidan qo‘lga olingan “Liviya tongi” guruhi qo‘mondonlaridan biri Volid Klibning Liviyaga ekstraditsiya qilinishiga olib keldi. Natijada bandilikda ushlab turilgan qolgan 7 nafar diplomat ozodlikka chiqarildi.

Avvalroq 3 nafar diplomat ozod etilgani ma'lum qilingandi.

Top