15:49 / 19.06.2015
2425

Nokia smartfonlar bozoriga qaytmoqchi

Finlyandiyaning mashhur elektronika korxonasi Nokia smartfonlar bozoriga qaytmoqchi. Bu haqda korxona rahbari Radjiv Suri nemis jurnali Manager Magazin nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi.

Manbaning yozishicha, Nokia hozirda yangi smartfon yaratish bo‘yicha hamkor qidirmoqda. Kompaniya smartfonlarni o‘zi ishlab chiqarmoqchi emas. Ular faqatgina modelni tayyorlash va uni Nokia nomi bilan litsenziyalash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Hozirgi kunga kelib Microsoft bilan kelishuviga binoan kompaniyaning smartfon ishlab chiqara olmaydi. Nokia nomidagi smartfonlarga bo‘lgan cheklov 2016 yil so‘ngiga kelib bekor qilinadi. Hozirda kompaniya Xitoyning Foxconn kompaniyasi bilan hamkorlikda Android operatsion tizimida ishlovchi Nokia N1 planshetlarini taklif etmoqda.

Top