07:19 / 19.06.2015
2599

Obama Shimoliy Karolina cherkovidagi otishma AQShda qurol-aslahaga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishini aytdi

AQSh xalqi Shimoliy Karolinada cherkovdagi otishmadan keyin o‘zining o‘qotar qurolga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishi kerak, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

“AQSh xalqi qandaydir lahzada qat'iy pozitsiyani egallashi kerak va qurolli zo‘ravonlik masalasi bo‘yicha barcha o‘zining fikrini o‘zgartirishi kerak bo‘ladi”, deb aytdi Obama 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan cherkovdagi otishma bo‘yicha bergan bayonotida.

Obama “o‘qotar qurolni olishda hech qanday muammolarga duch kelmaganlar” tomonidan amalga oshirilgan o‘limlar bo‘yicha tez-tez qayg‘urishiga to‘g‘ri kelayotganini aytdi.

Top