19:56 / 19.06.2015
4773

O‘zbekistonlik eng yaxshi Qur'on hofizlari Rossiya va AQShga taklif qilindi

O‘zbekistonlik eng yaxshi Qur'on hofizlari muqaddas Ramazon oyi amallarida ishtirok etish uchun Rossiya va AQShga taklif qilindi.

O‘zbekiston din ishlari qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qilganidek, o‘zbekistonlik Qur'on hofizlari Rossiya va AQShdan tushgan iltimosga binoan Ramazon oyi amali – Xatmul-Qur'onni ado etgani bu davlatlarga yuborildilar.

O‘tgan yili O‘zbekistondan eng yaxshi Qur'on bilimdonlari Ramazon oyi amallarini ado etish uchun Rossiya, AQSh va Ukrainaga yuborilgan edilar. O‘zbekiston vakillari Qur'oni Karimga bag‘ishlangan xalqaro hofizlar tanlovlarida bir necha bor g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2039 ta jome' masjidi faoliyat yuritib hamda mamlakatimizning 90 foizini tashkil etadigan barcha musulmonlarni qamrab oladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda 159 ta nasroniy tashkilot, 8 ta yahudiy obshina, 6 ta baxay, bitta krishnaviylar jamiyati va bitta buddaviylar ibodatxonasi ham o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

Top