16:37 / 19.06.2015
4602

Qirg‘izistonda “Hizb ut-tahrir”ning maxfiy bosmaxonasi topildi

19 iyun kuni O‘sh viloyatining Qorasuv tumanidagi uylardan birida maxfiy bosmaxona topildi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, u yerda “Hizb ut-tahrir” xalqaro ekstremistik tashkilotining adabiyotlari chop etilgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakili Jyengish Ashirboyevning aytishicha, taqiqlangan adabiyotlar tarqatishda gumon qilinayotgan sakkiz nafar mahalliy fuqaroning uylarida teshkiruv o‘tkazilganda, uylardan birida bosmaxona joylashgani ma'lum bo‘lgan.
Fuqarolarning uylaridan ko‘p miqdorda ekstermistik xarakterdagi adabiyotlar, elektron materiallar va texnika topilgan. Jami 104 kitob, 77 varaqa, ikki qo‘lyozma daftar, printer va qog‘oz kesuvchi uskuna musodara qilingan.
Topilgan adabiyotlar diniy ekspertizaga yuborilgan.

Top