11:53 / 19.06.2015
2036

Rossiya Sberbanki Arshavinning “Zenit”dagi bir yillik maoshi olishi mumkin

Rossiya Sberbanki futbolchi Andrey Arshavindan uning “Zenit” jamoasidagi bir yillik maoshiga teng pulni olishi mumkin. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi yozmoqda.

Ilgariroq Sberbank Pyotr Tingayevning “Baltavtotreyd” guruhiga kiruvchi olti kompaniyani bankrot deb e'lon qilish haqida ariza bergan edi. Ularning kafili Andrey Arshavin edi. 2010-2014 yillar orasida Sberbank guruhga 1.7 mlrd rubl miqdorida kredit ajratgan edi. O‘sha paytda Arshavin kafolat sifatida 104 mln rubl pul tikkan edi.
Iyun oyining boshida sud Arshavinga tegishli mulkning 5 mln rublga tegishli qismini hibsga oldi. Bank Arshavinning maoshidan o‘ziga tegishli pullarni undirib olmoqchi.

Top