17:52 / 19.06.2015
2784

Toshkentda amakisining uyidan pul va qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan qiz qo‘lga olindi

Joriy yilning 14 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida A.Yugnakiy mavzesida yashovchi fuqaroning uyidan unga tegishli ichida katta miqdordagi pullar va sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari bo‘lgan seyf o‘g‘irlangan edi. 

Jinoyat sodir bo‘lgan joyga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish, jabrlanuvchi va guvohlar bilan olib borgan surishtiruvlar jarayonida gumonlanuvchining alohida belgilari va tashqi ko‘rinishlari (orientirovkasi) tuzildi. Natijada jinoyat "issiq izida" fosh etilib, g‘araz niyatli kishi qo‘lga olindi va sodir etilgan o‘g‘irlik to‘liq fosh etildi. Ushbu o‘g‘irlikni jabrlanuvchining jiyani 1995 yilda tug‘ilgan qiz sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top