09:12 / 19.06.2015
2095

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax O‘zbekistonda sportning rivojlanishiga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib chiqdi

Toshkentda Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Milliy Olimpiya qo‘mitalari uyushmasi va Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Saboh ishtirok etdi

Ushbu kunni nishonlash doirasida Tomas Bax va Shayx Ahmad al-Fahad al-Saboh O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining yangi binosiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar bu binoda joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishga alohida ahamiyat berdilar. Markaz 500dan ko‘proq nomdagi maxsus yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan, ulardan ba'zilar nafaqat yurtimizga, balki butun Markaziy Osiyoga ham birinchi marta olib kelingan.

Markazning xorijda amaliyot o‘tagan yuqori malakali mutaxassislari sport federatsiyalariga sprotchilarni yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlashda yordam ko‘rsatadilar. Markazda yuqori aniqlik bilan sportchining nafaqat qobiliyatlari va salohiyatini aniqlash mumkin, balki unga ochilishga hamda jarohatlar olganda yetakchi sport tibbiyoti muassasalari darajasida ko‘mak ko‘rsatish imkoni yaratilgan.

Yuqori martabali mehmonlar poytaxtimizda bunyod etilgan boshqa sport inshootlari bilan ham tanishishdi. Ular Badiiy gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga tashrif buyurishdi hamda bu maktab joylashgan “O‘zbekiston” sport majmuasi bilan tanishib chiqishdi, Osiyo bo‘yicha o‘smirlar orasida Osiyo chempionatining yopilish va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdilar. Tantanali tadbirlar ishtirokchilari shuningdek O‘zbekistondagi eng zamonaviy “Bunyodkor” o‘yingohiga tashrif buyurishdi.

Markaziy tadbirlar Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tdi, bu yerda Toshkentdagi Xalqaro Olimpiya kuni ochildi. Shu munosabat bilan XOQ prezidenti Tomas Bax o‘zining tabrik maktubini o‘qib eshittirdi. So‘ngra Olimpiya sport turlari: yengil atletika, gimnastika, qilichbozlik, yakka kurashlar milliy federatsiyalarining yosh sportchilari ishtirokida namunali chiqishlar namoyish qilindi.

Top