00:19 / 20.06.2015
1529

“Arsenal” futbol jamoasi darvozabon Chexga haftasiga 100 ming funt sterlingli shartnoma taklif qilmoqchi

Londonning “Arsenal” futbol jamoasi “Chelsi”ning darvozaboni Chexga haftasiga 100 ming funt sterlingni tashkil qiluvchi shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Ushbu shartnoma “Arsenal” tarixida darvozabonlar uchun taklif qilingan rekord darajadagi shartnoma bo‘ladi.

Chexiyalik darvozabonga, shuningdek, Parijning “PSJ” jamoasidan ham taklif bildirilmoqda. Parijliklar unga haftasiga 150 ming funt sterling taklif qilishmoqda, biroq Chexning o‘zi Angliyada qolishni istamoqda.

Top