16:52 / 20.06.2015
2462

Atambayev “Gazprom” Qirg‘izistonning energiya mustaqilligiga ko‘maklashayotganini aytib o‘tdi

Rossiyaning “Gazprom” korporatsiyasi Qirg‘izistonda amalga oshirayotgan ishlar mamlakatning energiya mustaqilligi yanada mustahkamlanishga omil bo‘lmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev “Gazprom” raisi Aleksey Miller bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi.
2014 yil aprelida “Qirg‘izgaz” operatorining 100 foiz aksiyalari “Gazprom” tomonidan bir dollarga sotib olindi. Kelishuvga binoan, “Qirg‘izgaz”ning barcha qarzlari, yer osti yoqilg‘i omborlari va h.k. “Gazprom”ga o‘tdi. O‘z navbatida, kompaniya mamlakatning energetika sohasiga 5 yil ichida 20 mlrd rubl investitsiya kirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Bundan tashqari, kompaniya 2030 yilga qadar mamlakat hududining 60 foizini va 400dan ortiq aholi punktini gaz bilan ta'minlashga va'da bermoqda.
Atambayev Miller bilan Peterburg xalqaro iqtisodiy forum doirasida uchrashuv o‘tkazdi.

Top