09:27 / 20.06.2015
4629

Chililik 92 yoshli ayol tanasidan 50 yillik bola mumiyasi topildi

Chililik shifokorlar 92 yoshli mijozning tanasidan 50 yillik bola mumiyasini topib olishdi. Bu haqda El Marino nashri xabar bermoqda.
Ayol qornidagi og‘riqdan shikoyat qilib shifokorlarga murojaat qilgan. Rentgen uning ichida 50 yil muqaddam tug‘ilishi kerak bo‘lgan bola tanasining qolib ketganini ko‘rsatdi. Ma'lum bo‘lishicha, homila 30 haftaligida nobud bo‘lgan.
Ayol o‘zining homiladorligini hatto bilmagan ham, homila nobud bo‘lib, mumiya ahvoliga kelib qolgan va unga qiyinchilik tug‘dirmagan.
Homilani tanadan olib tashlash amaliyotini keksa ayol ko‘tara olmasligi bois uni qoldirishga qaror qilingan.

Top