15:54 / 20.06.2015
3423

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati-2015: Serbiya yoshlari braziliyaliklar ustidan qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining final uchrashuvida Serbiya yoshlari braziliyaliklar ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘yinning birinchi taymida darvozalar daxlsiz qoldi. 70-daqiqada Mandich serblarni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tgach, Pereyra hisobni tenglashdi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi.
Qo‘shib berilgan ikkinchi taymning oxirga daqiqalarida Maksimovich tomonidan urilgan to‘p o‘yin taqdirini hal qildi. Shu tariqa, Serbiya yoshlar terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Braziliya ikkinchi o‘rin bilan qanoatlanishga majbur bo‘ldi.

Top