11:07 / 20.06.2015
2218

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medallari sovrindori ma'lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha yoshlar (U-20) o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medallari sovrindori ma'lum bo‘ldi.
3-o‘rin uchun Senegal va Mali terma jamoalari bahslashdi. O‘yin 1:3 hisobi bilan maliliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Birinchi taym teng kurashlarda o‘tdi. 45-daqiqada senegallik futbolchi Mussa Baning qizil kartochka olishi tufayli ustunlik maliliklar tarafga og‘di. Buning natijasida o‘yinning ikkinchi qismida Mali yoshlari ustunlik qila boshladi.
Shunga qaramay, 64-daqiqada Ibraima Vajining aniq zarbasi Senegalni oldinga olib chiqdi.
74-daqiqada Traore hisobni tenglashtirdi. 83-daqiqada u dubl muallifiga aylandi. Nihoyat, o‘yin asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida Samasseku hal qiluvchi golni urdi.
Shu tariqa, Mali yoshlar terma jamoasi 2015 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-natijani qayd qildi.

Senegal U-20 – Mali U-20 1:3 (0:0, 1:3)
20 iyun, 06.30, «North Harbour Stadium»
Gollar: 1:0 – 64 Vadji, 1:1 – 74 Traore, 1:2 – 83 Traore, 1:3 – 90 Samasseku.
Senegal U-20 – Si, Sane, Silla, Vage, Ba, Gomis, Nyang (Korrea, 51), Sarr, Nassalan (Tiam, 74), Nyang, Vadji.
Mali U-20 – Diarra, Dumbiya, Kulibali, Maiga, Sako, Samasseku, Diarra, Gbakle (Diallo, 73), Traore, Konate (Ture, 63), Traore.
Ogohlantirishlar: Nyang (20), Ba (30), Sako (43), Diarra (57), Diarra (60), Traore (68).
Chetlatish: Ba (45).

Top