10:09 / 20.06.2015
5531

Germaniyalik erkak ma'shuqasi bilan ajrashgandan keyin mol-mulkni “teng ikkiga arralashga” qaror qildi

Germaniyalik erkak 12 yillik birgalikdagi turmushdan keyin uni rad etgan ma'shuqasidan original tarzda alamini olishga qaror qildi: u tom ma'noda o‘zlarining birgalikda egalik qilgan mol-mulkini teng ikkiga bo‘lishga qaror qildi. Erkak qo‘liga elektr arrani olib, o‘zlariga tegishli qimmatbaho buyumlarni ikkita teng bo‘lakka arralab tashladi.

Erkak velosiped, noutbuk, karavot, stullar, televizor, telefon, pochta qutisi va hattoki avtomobilni ham teng ikkiga arraladi. U har bir arralangan buyumning bir qismini o‘zining endilikda sobiq ma'shuqasiga pochta orqali yubordi, ikkinchi qismini esa Ebay onlayn-auksionida sotuvga qo‘ydi. Ebay saytida erkakning sahifasiga 600 kishi obuna bo‘ldi.

Nemis “arralash jarayoni”ni videoga yozib oldi va uni “Ajoyib” 12 yil uchun rahmat, Laura! Sen haqiqatda yarmiga munosibsan” degan yozuv bilan YouTube videoportaliga joylashtirdi. Shuningdek, erkak o‘zining keyingi “vorisiga” zaharxanda salomini yo‘llab qoldi.

Top