19:49 / 20.06.2015
2163

Hindiston shimolida avtobus daraga tushib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida avtobus daraga tushib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi va 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda The Times of India gazetasining elektron versiyasi ma'lum qildi.

Yo‘l-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan taxminan 13:00 da Almora okrugida ro‘y berdi. Avtobus 30 metrlik balandlikdan tushib ketgan.

Hindiston yo‘l-transport hodisalarida o‘lim yuz berishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. 2011 yilda Hindiston yo‘llaridagi avariyalar oqibatida 140 mingdan ziyodroq, 2012 yilda esa 150 mingdan ziyodroq odam olamdan ko‘z yumgan. Yo‘l-transport hodisalaring 70 foizi inson omili oqibatida yuz beradi.

Top