10:05 / 20.06.2015
4472

Internetda “Kung-fu Panda 3” multfilmi treyleri paydo bo‘ldi

DreamWorks Animation studiyasi anchadan beri kutilayotgan, yakkakurash jang san'atidan boxabar bo‘lgan jonzotlar haqidagi “Kung-fu Panda” multfilmining navbatdagi 3-qismining treylerini namoyish qildi.

“Kung-fu Panda”ning yangi qismi premerasi 2016 yilning 29 yanvarida bo‘lib o‘tadi. Multfilmga ovoz berishda Jyek Blek, Dastin Xoffman, Jyeki Chan, Brayan Krenston, Anjyelina Djoli va Lyusi Lyu kabi Gollivudning mashhur aktyorlari ishtirok etishdi. Multfilmning bosh qahramoni Po ismli panda ushbu qismda o‘zining haqiqiy otasini topishga muvaffaq bo‘ladi.

Ushbu multfilmning dastlabki ikki qismi 2008 va 2011 yillarda katta ekranlarga chiqarilgan. Ikkala film ham “Eng yaxshi animatsion film” yo‘nalishi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan.

Top