19:51 / 20.06.2015
3490

Makkeyn AQSh Ukrainaga ikki yil ichida gaz yetkazib berishni boshlashi mumkinligini ma'lum qildi

Ikki yildan keyin AQSh Ukraina va Yevropaning boshqa davlatlariga gaz yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb aytmoqda AQShning Respublikachilar partiyasidan vakolatlik qiluvchi senator Jon Makkeyn. Bu haqda “Ukrinform” axborot agentligi xabar bermoqda.

Makkeynning aytishicha, Yevropaning Rossiyadan gaz bo‘yicha qaramligi Yevropa tomonidan Rossiyaning Minsk kelishuvlarini bajarmayotganligiga nisbatan sanksiyalarning kuchaytirilishi uchun asosiy to‘sqin bo‘lmoqda.

Avvalroq OAVlarda neftni eksport qilishga taqiqlov AQShning Rossiya va Eronga qarshi turishiga xalaqit berayotgani haqida yozgan edilar.

Top