09:55 / 20.06.2015
2898

Mourinyu Rossiya futboli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu uni “Zenit” yarimhimoyachisi Aksel Vitsel qiziqtirmasligi hamda hozirda Rossiyada Dmitriy Alenichevga o‘xshagan futbolchilar yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Radio RCA xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Alenichev o‘z vaqtida Mourinyu qo‘l ostida “Portu” safida Yevropa Chempionlar Ligasi (2004) va UYeFA kubogini (2003) qo‘lga kiritgan hamda Yevropaning barcha rasmiy klublararo musobaqalarini yutgan hamda bu musobaqalarning finallarida to‘p urgan yagona rossiyalik futbolchi hisoblanadi.

“Siz bilasizki, biz haqiqatan ham Rossiya futbol bozorini tahlil qilib boramiz. Rossiyada menga Dmitriy Alenichevni eslata oladigan birorta ham futbolchi yo‘q. Alenichev ajoyib o‘yinchi va haqiqiy professional edi.

Men yaqinda Rossiya termasi o‘yinini ko‘rdim va menda jamoaga futbolchilarni ko‘chadan olishgandek taassurot paydo bo‘ldi. Men ba'zi o‘yinchilarni bilaman, agar ularga qiziqish bo‘lgan bo‘lsa ham, biroq ishga bunday yondashish bilan ular hech qachon dunyoninng eng yaxshi chempionatlarida to‘p sura olmaydilar. Bundan tashqari, Rossiyada futbolchilarni buzadigan katta pullar ham bor.

Villian va Eto’o Rossiya chempionatidan keyin mening mashg‘ulotlarimga juda qiyin ko‘nikdilar. Men futbolchilar bunday ahvolda bo‘lishi mumkinligidan hayratda qoldim. Ha, men Vitsel Rossiyani tark etmoqchiligini eshitdim, biroq “Chelsi”da unga hech qanday qiziqish yo‘q. U Portugaliyada o‘ynaganda men uni “Inter”da ko‘rishni istagandim, biroq u endi boshqa o‘yinchi. O‘yinchilar borasida gapiradigan bo‘lsak, Rossiyada hammadan ko‘ra ko‘proq Promes va Shatov ajralib turadi, biroq biz ular bilan ham tarkibimizni kuchaytirishni istamaymiz”, deb o‘z fikrlarini bildirdi Mourinyu.

Top