09:40 / 20.06.2015
1919

Obama: irqchilik – AQSh oldida turgan jiddiy tahdid

Irqchilik AQSh oldida turgan asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda, deb bayonot berdi prezident Barak Obama.
“Irqchilik barchamiz birgalikda kurashishimiz kerak bo‘lgan tahdid bo‘lib qolmoqda. Biz taraqqiyotga erishdik, lekin biz ogoh bo‘lishimiz kerak, negaki irqchilik hanuzgacha saqlanmoqda. U yoshlarning ongini zaharlamoqda, g‘oyalarimizga xiyonat qilmoqda va demokratiyamizni parchalamoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Obama ushbu so‘zlarni Charlstondagi ommaviy qotillik munosabati bilan bergan bayonotida aytib o‘tdi.

Top