12:05 / 20.06.2015
2135

Obama qurol olib yurish qonunchiligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama irqchilikni amerikaliklar oldida turgan asosiy tahdidlardan biri deb atadi, shuningdek, qurol olib yurish borasidagi qonunlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

“Qotilning motivi irqchilikning asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
“Qurol olib yurish qonunchiligini isloh qilish. Biz bu masalani fuqarolar sifatida muhokama qila olishimiz, barcha qurol egalarini yomonga chiqarmasligimiz kerak. Barcha mamlakatlarda zo‘ravonlikka moyil odamlar bor. Farq shundaki, har qanday davlatda ham to‘pponchalar ochiq va oson xarid qilinmaydi”, – ta'kidlab o‘tdi AQSh yetakchisi.
Bu so‘zlar Charlstonda bo‘lib o‘tgan mudhish ommaviy qotillik yuzasidan amalga oshirilgan murojaat chog‘ida aytildi. Eslatib o‘tamiz, 17 iyun kuni 21 yoshli Dilan Ruf shahar cherkoviga kirib, u yerda o‘tirgan odamlarga qarata ot o‘t ochgan. Natijada 9 kishi halok bo‘lgan. Bir necha kundan so‘ng qotil qo‘lga olindi.

Top