12:38 / 20.06.2015
2787

Toshkent viloyatida tuproqdan foydalanish uchun litsenziya olmay g‘isht tayyorlagan tadbirkor sudlandi

2013 yili Yuqorichirchiqda ro‘yxatdan o‘tgan “Azimxon-Azizbek Fayz” MChJ xo‘jayini Anvarjon Toshev ko‘plab moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, u soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlab, davlat manfaatlariga 58 mln 840 ming so‘m zarar keltirgan.

Bundan tashqari, tuproqdan foydalanish uchun maxsus litsenziya olmay, qazish ishlarini olib borgan hamda g‘isht tayyorlab, sotgan. MChJdan sotilgan 174 mln 408 ming so‘mlik g‘ishtlarni hujjatlarda aks ettirmagan.
Tekshiruvlar natijasida Toshevning keltirgan zarari fosh qilindi, o‘zi esa javobgarlikka tortildi.

Top