10:17 / 20.06.2015
2513

UYeFA Moskvaning “Dinamo” klubini yevrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi

UYeFA Moskvaning “Dinamo” klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun bir yilga Yevropa ligasida ishtirok etish huquqidan mahrum etdi.

Moskvaliklarning o‘rniga bu musobaqada mavsumni 5-o‘rinda yakunlagan Qozonning “Rubin” klubi ishtirok etadi.

“Jarima ko‘zda tutilmagan. Uch yil mobaynida biz UYeFAga moliyaviy feyr-pley qoidalariga qanday rioya qilayotganimiz haqida ma'lumot yuborib turamiz”, deb aytmoqda “Dinamo”ning direktorlar kengashi raisi Vasiliy Titov.

“Dinamo” klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiya premer-ligasida 4-o‘rinni egallagan edi.

Avvalroq “Dinamo” muxlislari UYeFAga klubni Yevropa ligasidagi ishtirokdan mahrum etmaslikni so‘rab murojaat qilgan edilar.

Ma'lumot uchun, UYeFA Komissiyasining klublarni moliyaviy nazorat qilish arbitraj palatasi 16 iyun kuni “Dinamo” tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilganligi holatini ko‘rib chiqdi. “Dinamo”liklarda klub byudjyetida futbolchilarning ish haqlari ulushi xomiylik shartnomasidagi miqdordan ancha ko‘proqni tashkil qilgani aniqlandi.

 

Top