23:19 / 21.06.2015
1275

“Liverpul” Bentekedan voz kechib, Lorente va Bakkaga e'tiborini qaratdi

“Liverpul” jamoasi “Aston Villa” hujumchisi Kristian Benteke bilan qiziqmay qo‘ydi. Bunga asosiy sabab futbolchiga 32.5 mln funt sterling baho qo‘yilgani bo‘ldi.
Endilikda mersisaydliklar “Yuventus” forvardi Fernando Lorente va “Sevilya” futbolchisi Karlos Bakkaga qiziqish bildirmoqda.
Lorente yozda “Yuventus” jamoasini tark etishi mumkinligi aytilmoqda. Uning taxminiy narxi 12 mln funt sterlingga teng.
Karlos Bakkaga esa 21 mln funt sterling narx belgilangan.

Top