17:34 / 21.06.2015
2170

O‘zbekiston Oliy ligasining 13-turi yakunlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 13-turining so‘nggi ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Har ikki uchrashuvda ham mezbonlar mag‘lubiyatga uchradi. "Lokomotiv" safarda "Sho‘rtan"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, "Bunyodkor" "Andijon" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Lokomotiv" birinchi bo‘limda faqat bitta gol kirita oldi. Temurxo‘ja Abduholiqov 38 daqiqada hisobni ochdi. Ammo ikkinchi bo‘limda "Sho‘rtan" mutlaqo irodasiz o‘yin namoyish qildi va o‘z darvozasidan yana uchta gol o‘tkazib yubordi.
"Andijon" - "Bunyodkor" o‘yinida esa Sato Minori 37 daqiqada gol kiritgach, so‘nggi daqiqalarga qadar hisob o‘zgarmay turdi. Faqat qo‘shib berilgan daqiqalarda Dostonbek Hamdamov jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Top