10:44 / 21.06.2015
4143

Parij-Moskva reysining mast yo‘lovchisi politsiyaga Putin nomi bilan tahdid soldi

“Aeroflot” aviakompaniyasining samolyoti amalga oshirgan Parij-Moskva reysida ketayotgan ayollardan biri samolyot bortida janjal uyushtirgan, deb xabar beradi Ren-TV telekanali.
Aytilishicha, ayol mast holda politsiyachilar bilan talashib qolgan. Ushbu sahna qayd qilingan videolavha internetda joylashtirilgan.
Ayol buzuq ingliz tilida politsiyachilarga tahdid qilib, Putin ularni o‘ldirishini aytgan.
Mast ayolning qiliqlari tufayli reys bir soatga ushlanib qolgan, janjalkash xonim esa samolyotdan tushirib yuborilgan.

Top