14:36 / 21.06.2015
7498

Putin xorijlik jurnalistlarga shaxsiy hayotidagi ba'zi ma'lumotlarni oshkor etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining sobiq rafiqasi Lyudmila Putina va qizlari Mariya va Yekaterina bilan yaxshi munosabatda ekanligini ma'lum qildi. Putin bu haqda Peterburg Xalqaro iqtisodiy anjumanida xorijiy axborot agentliklari jurnalistlari bilan suhbati chog‘ida aytib o‘tdi.

Putinning aytishicha, ba'zida u tungi soat 2 gacha o‘zining oilasi bilan turli maishiy mavzularda suhbatlashib qolib ketadi.

Putin shaxsiy hayoti haqidagi savolga “Kelajakka rejalar bor, men bilan hammasi joyida”, deb uchrashuvga yig‘ilganlarda tabassum uyg‘otdi.

Ma'lumot uchun, Vladimir Putin va Lyudmila Putina 2013 yil iyunida ajrashishlarini e'lon qilishgan. “Biz doimo bir-birimizga yaqin odamlar bo‘lib qolamiz. Men Vladimir Vladimirovichga meni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorman”, deb aytgan edi o‘shanda Lyudmila Putina. Vladimir Putin ajrashish haqidagi qarorga hamma ham yuqori darajadagi siyosatchining rafiqasi bo‘lishning bunday yuqori oshkoralik darajasiga tayyor emasliklari bilan tushuntirgan edi.

Top