23:00 / 21.06.2015
1384

Rossiyalik tennischi Teymuzar Gabashvili O‘zbekistondagi “Chellenjyer” musobaqasining g‘olibi bo‘ldi

Rossiyalik Teymuzar Gabashvili O‘zbekistondagi 50 ming dollar mukofot jamg‘armasiga ega “Chellenjyer” musobaqasining g‘olibi bo‘ldi. Rossiyalik tennischi musobaqa finalida boshqa bir rossiyalik tennischi Aleksandr Kudryavtsev bilan bellashdi. Uchrashuv Gabashvili foydasiga 6:2, 1:0 hisobida borayotganda Kudryavtsev jarohati tufayli uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortishiga to‘g‘ri keldi. Gabashvili uchun bu g‘alaba joriy yildagi “Chellenjyer” musobaqalaridagi 3-g‘alabasi bo‘ldi, qiziqarlisi tennischi ularning barchasiga O‘zbekiston kortlarida erishgan.

Top