23:13 / 21.06.2015
2208

Xitoy ichki bozoriga xorijiy internet do‘konlarni kiritdi

XXR hukumati xorijiy internet do‘konlarining ichki bozordagi ulushiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi, deb xabar beradi Reuters.
Bu qaror sohada raqobatni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan. Endilikda Amazon va Walmart kompaniyalari Xitoy bozoriga kirib, mahalliy onlayn do‘konlar bilan raqobatga kirishishi aytilmoqda.
Oxirgi yillarda Xitoy ushbu sohada amalga oshirilgan protektsion siyosat natijasida internet tijorat rivojlanib, mahalliy gigant kompaniyalar yuzaga keldi. Alibaba, Yihaodan va JD shular jumlasidandir.

Top