11:21 / 21.06.2015
2935

Yamayka terma jamoasi futbolchisi Argentina bilan o‘yindan keyin Messi bilan maydonda selfiga tushdi

Yamayka terma jamoasi hujumchisi Deshorn Braun Amerika Kubogi-2015 musobaqasi guruh bosqichining 3-turida Argentinaga qarshi uchrashuvdan keyin argentinaliklar hujumchisi Lionel Messi bilan selfi tarzida suratga tushdi. Uchrashuvning 78-daqiqasida almashtirilgan “Volerengi” klubi futbolchisi Braun o‘yin tugashiga hushtak chalinishi bilanoq argentinalik superyulduz yoniga yugurib kelib, undan tabassum qilishni so‘radi hamda u bilan birga selfi tarzida suratga tushdi. Keyinroq Braun ushbu fotosuratni tribunaosti xonasida kameraga namoyish qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida Argentina foydasiga hal bo‘ldi. Yamayka termasi birorta ham ochko yig‘a olmay, musobaqani tark etdi.

Top