19:51 / 21.06.2015
2340

Yangi rekord: Nyu-Dehlida bir vaqtning o‘zida 35 ming kishi yoga bilan shug‘ullandi

21 iyunda ilk bor Xalqaro yoga kuni nishonlanmoqda. Ushbu munosabat bilan Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi Rajpatx xiyoboniga yoga bilan bir vaqtning o‘zida shug‘ullanish minglab odamlar yig‘ildi.

Ushbu tadbirga 35 ming kishi yig‘ildi. Tadbirda aholining turli qatlamlari vakillari – talabalar, harbiylar va boshqa kasb egalari ishtirok etishdi.

Tadbirga shuningdek Ginness rekordlar kitobi vakillari ham chaqirildilar. Aynan ular dunyodagi eng ommaviy tarzda o‘tkazilgan yoga mashg‘ulotini rekord sifatida qayd etishdi.

Tadbir davomida xiyobonda yig‘ilganlarga Hindiston bosh vaziri Naredra Modi nutq bilan yuzlandi. Aynan Modining sa'y-harakatlari tufayli BMT Bosh assambleyasi o‘tgan yilning dekabr oyida 21 iyunni Xalqaro yoga kuni deb e'lon qilgan edi.

Modi vatandoshlariga tantanali nutq bilan murojaat qilib, so‘ngra ular bilan birgalikda bir necha yoga mashqlarini bajardi. Avvalroq Modi har kuni yoga bilan shug‘ullanishini va aynan shuning evaziga u tiniqib uxlamasa ham bemalol ishlay olishini aytgan edi.

Top