00:54 / 22.06.2015
1729

“Manchester Yunayted” De Xeani Ramosga almashtirishga tayyorligini ma'lum qildi

“Manchester Yunayted” klubi darvozabon David De Xeani Madridning “Real” klubiga Serxio Ramosni sotib olish imkonini berish evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, “Manchester Yunayted” “Real”ning De Xeani 18 mln yevroga sotib olish taklifini rad etgan. Madrid klubi vakillari ispaniyalik darvozabonni sotib olishga muvaffaq bo‘lishlariga ishonchlari komil.

Ramos 2017 yilda nihoyasiga yetadigan “Real” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayotgani ma'lum qilingandi.

Top