14:56 / 22.06.2015
2649

2015 yilda O‘zbekiston Xitoyga 0.43 mln tonna gaz yetkazib berdi

“Markaziy Osiyo-Xitoy” quvuri orqali Markaziy Osiyo davlatlaridan XXRga gaz yetkazib berish hajmlari 2015 yilning boshidan buyon 9.43 mln tonnani tashkil qildi. Ushbu hajmning narxi 13.1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Xorgos bojxonasi vakillari xabar berdi.
Ularning qo‘lidagi ma'lumotlarga qaraganda, gazning 96 foizi (9 mln tonna) Turkmaniston, 4 foizi O‘zbekiston tomonidan yetkazib berilgan.
“Markaziy Osiyo-Xitoy” quvuri 2009 yili ishlay boshlagan. U Turkmanistondan boshlanadi, so‘ng O‘zbekistondan o‘tadi va Shinjondagi Xorgos bojxonasi orqali Xitoyga kiradi. Undan gaz “G‘arb-Sharq” quvuri orqali tarqalib, 400 mln xitoylikning xonadoniga kirib boradi.
Besh yil davomida Markaziy Osiyo gazining “G‘arb-Sharq” quvuri orqali taqsimotining umumiy hajmi 110 mlrd kubometrdan oshib ketdi.

Top