17:51 / 22.06.2015
1836

Altice Bouygues Telecom`ni 10 mlrd yevro evaziga sotib oldi

Altice telekommunikatsion guruhi fransuzlarning Bouygues Telecom nomli kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Xabarda aytilshicha, savdo qiymati 10 mlrd yevroni tashkil qilgan.

Bouygues Telecom endi Altice kompaniyasining bo‘limi Numericable-SFR bilan birlashtiriladi. Natijada abonentlar miqdori bo‘yicha Orange SA kompaniyasini ortda qoldirishi mumkin bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Bouygues Telecom 1994 yilda tashkil topgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.

Bu yangilikdan keyin Altice va Bouygues Telecom aksiyalari 21 va 15 foiz ko‘rsatkichida o‘sgan. Shuningdek, Numericable-SFR ning qimmatbaho qog‘ozlari narxi 14 foiz qimmatlashgan.

Top