00:38 / 22.06.2015
3546

AS: Ramos “Real”ni tark etishga qaror qildi

Madridning “Real” himoyachisi Serxio Ramos ushbu yozda jamoani tark etishga qaror qildi, deb ta'kidlamoqda AS portali.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi klub rahbariyati tomonidan unga bildirilayotgan munosabatdan norozi bo‘lmoqda. Shuningdek, Ramosning fikricha, uning jamoadagi o‘rni yetarlicha baholanmayotibdi.

Xabar berilishicha, Ramosga “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “PSJ” klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Top