08:21 / 22.06.2015
5920

Business Insider nashri Rossiyaning “Verba” zenit-raketa majmuasini “eng xavfli qurollar” qatoriga kiritdi

AQShdagi Business Insider nashrining ta'kidlashicha, Rossiyada ishlab chiqarilgan “Verba” tashib yuriluvchi zenit-raketa majmuasi dunyoda o‘z analoglari orasida eng kuchlisi hisoblanadi.

Ma'lumki, “Verba” o‘zi nishonga oluvchi tizimga ega bo‘lib, bu tizim o‘zi qaratilgan raketaga qarshi tizimlarni alday olish xususiyatiga ega. Ixtirochilar zenit-raketa majmuasi nishonni aniq va tez ushlashi uchun unga uch diapazon: ultrabinafsha, yaqin infraqizil va o‘rta infraqizil diapazonlarda ishlay oladigan nishon qidirgichlar o‘rnatganlar. Qurilmaning asosiy jihati uning nisbatan kichik vaznga egaligi hisoblanadi.

Business Insider nashrining yozishicha, “Verba”ning eksport qilinishi “xavfli tus olishi” mumkin va nashr o‘z vaqtida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan “Stringer” zenit majmualari keyinchalik AQShning o‘ziga yo‘naltirganini eslatib o‘tdi.

“Verba”ga o‘xshash qurol-aslahaga egalik qilishni istovchi, AQSh va uning ittifoqchilariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ko‘plab nomuntazam tuzilmalar va terrorchilik guruhlari mavjud”, deb yozmoqda nashr.

Top