08:14 / 22.06.2015
1482

"Inter" Kondogbianing transferini e'lon qildi

"Inter" klubi "Monako" yarim himoyachisi Joffre Kondogbiani sotib olganini rasman ma'lum qildi.

22 iyun kuni 22 yoshli yarim himoyachi Italiyaga keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Biroz oldinroq milanliklar Kondogbia uchun 40 million yevro to‘lashi va qo‘shimcha mukofotlar berishi aytilgan edi.

Futbolchi bilan 2020 yilga qadar davom etadigan shartnoma imzolanadi va u «Inter»da yiliga 4,5 million yevro maosh oladi.

Top