14:31 / 22.06.2015
7496

IShID Yunus payg‘ambarning Mo‘suldagi qabrini yo‘q qildi

IShID guruhi jangarilari Mo‘sul shahrida joylashgan masjid bilan birga uning yonidagi Yunus payg‘ambarning qabrini yer bilan bitta qildi. Endilikda, IRNA agentligining xabar berishicha, u yerda bog‘ quriladi.
Ma'lum qilinishicha, qabrni yo‘q qilish uchun terrorchilar buldozerlardan foydalangan, masjid esa portlatib yuborilgan.
IShID ko‘pdan buyon tarix va madaniyat yodgorliklarini yo‘q qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yilning iyulida payg‘ambarlar Yunus va Doniyorning yodgorlik maqbaralarini buzib tashlashgan edi.

Top