18:22 / 22.06.2015
4222

Nyurnbergda Gitlerning 14 rasmi sotildi

Nyurnbergdagi Auktionshaus Weidler kim oshdi savdosida Adolf Gitlerga tegishli deb hisoblanayotgan 14ta rasm sotildi. Bu haqda mahalliy matbuotdan ma'lum bo‘ldi.
Aytilishicha, marhum fyurerning kartinalaridan 450 ming dollar to‘plangan. Ayniqsa Bavariyadagi Noyshvaynshtayn qasrining kartinasi yuqori baholanib, 113 ming dollarga sotilgan.
Barcha xaridorlarning nomlari sir tutilmoqda. Ma'lumki, Germaniyada Gitlerning rasmlari sotilishi qattiq tanqid ostiga olinadi. Ammo ularda millatchilar ramzlari va belgilari aks etmagan.

Top