12:01 / 22.06.2015
3959

Olimlar: 22 iyunda Quyoshda eng oliy sinfdagi chaqnash sodir bo‘lishi mumkin

20 iyunda Quyoshda M1 sinfidagi chaqnash qayd etilgan edi, yaqin kunlarda eng yuqori X sinfidagi chaqnashlar sodir bo‘lishi ehtimoli borligi aytilmoqda. Bu haqda Rossiyaning Akademik Fedorov nomidagi amaliy geofizika instituti bergan xabarda aytilmoqda.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal sinfdagi chaqnash A0.0 bo‘lib, Yer orbitasida bir kvadrat metr maydonga 10 nanovatt nurlanish quvvatiga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tilganda nurlanish quvvati 10 marotaba oshadi. Kuchli chaqnashlar muayyan sharoitlarda Yerda magnit bo‘ronlari keltirib chiqarishi mumkin.

Olimlar hozirda Quyosh gardishida kuzatilayotgan dog‘lar guruhida o‘tgan sutkada 41 daqiqa davom etgan bitta M1.0 sinfidagi hamda ikkita S tipidagi chaqnash qayd qilinganini aytishmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, 22 iyunda chaqnash faolligi o‘rtamiyona, biroq X sinfdagi, jumladan proton chaqnashlari bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Top