14:34 / 22.06.2015
2665

Oukitel kompaniyasi 10000 mA/s sig‘imiga ega batareykali telefon ishlab chiqarmoqchi

Xitoyning mobil telefonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oukitel kompaniyasi yaqin vaqtlarda 10000 mA/s sig‘imiga ega batareykali telefon ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda PhoneArena nashri xabar tarqatdi.

Hozircha uning Android 5.1 Lollipop, opratsion tizimida ishlashi ma'lum qilingan. Biroq boshqa texnik imkoniyatlari borasidagi ma'lumotlar sirligicha qolmoqda.

PhoneArena xodimlari Oukitel kompaniyasiga mazkur rekord darajadagi akkumlyatorga ega bo‘lishi kutilayotgan smartfon og‘irligi va hajmi qanday bo‘lishini so‘rab murojaat qilishganida, qurilmaning prototipi rasmini jo‘natishgan.

Hozirgi kunga qadar jahon smartfon bozorida 4000 mA/s bo‘lgan telefon eng yuqori quvvatli telefon sifatida nom qozonib kelgandi. Asosan Xitoyning boshqa bir kompaniyasi Lenovo tomonidan chiqarilayotgan bunday quvvatli telefonlar 2 kun davomida quvvatlanmasdan ishlatish imkoniyati borligi haqida gapirib kelingan.
Oukitel esa eng quvvatli smartfondan 2,5 baravar ko‘proq quvvatli akkumlyatorni ommaga taqdim etishga shay.

Dunyo smartfon bozorining eng mashhur qurilmalari Samsung Galaxy S6 (2550 mAs), Apple iPhone 6 – (1810 mAs) va Sony Xperia Z3 (3100 mAs) akkumlyatorlari bilan solishtirganda bu juda yuqori ko‘rsatkichdir.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Oukitel kompaniyasi o‘z rasmiy saytida yaqin 3-5 yil ichida dunyoning eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilar uchligiga kirishni rejalashtirgan. Hozirgi kunga qadar kompaniya uch turdagi smartfonlarni ommaga taqdim etigan.

Top