17:01 / 22.06.2015
2311

Qozog‘iston Yevropa-Xitoy tranzit yo‘lagi ochilishini 2016 yilga qoldirdi

Qozog‘iston ayrim masalalar sababli G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy tranzit yo‘lining ochilish muddatini ortga surdi. Bu haqda mamlakat Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Raisi Mereke Pshembayev ma'lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».

«2015 yil oxirigacha Chimkent-Taraz yo‘li ochilishi rejalashtirilgan. Chimkent-Toshkent va Almati-Xorgos tranzit yo‘llarining to‘liq ochilishi 2016 yilda ko‘rib chiqiladi», deya ta'kidlab o‘tdi Pshembayev.

Pshembayevning so‘zlariga ko‘ra, muddatning kechikishiga xalqaro moliya instituti bilan davom etayotgan masalalar sabab bo‘lganini ta'kidladi. «Kredit shartnomasini ratifikatsiya qilish kechikib ketdi», deydi u.

Shuningdek u Xitoy bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan bir qator kelishuvlar ko‘rib chiqilishi zarurligini ham ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning may oyi so‘ngida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoy chegarasidan Rossiyagacha 2700 km. avtomobil yo‘lining qurilish ishlari tugatilganini ta'kidlab o‘tgandi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston ishtirokidagi mazkur loyiha xususiy tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shadi, deya gapirib o‘tgandi Nazarboyev.

Top