14:49 / 22.06.2015
3773

Qozog‘istonda bir guruh O‘zbekiston fuqarolari soxta pul sexini yuritishda ayblandi

Qozog‘istonda soxta tanga ishlab chiqaruvchi sex faoliyati fosh etildi. Uni 1992-1994 yillari tug‘ilgan bir guruh qozog‘istonliklar va o‘zbekistonliklar yuritayotgani ma'lum bo‘ldi.
Tsex uch oydan beri faoliyat yuritib kelgani ma'lum bo‘ldi. Tintuv davomida 2 ming tanga nominalli 225 kupyura topilgan. Qalbaki pullarning umumiy miqdori 450 ming tangani tashkil qilgan.
Qalloblar qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari boshlandi.

Top