15:13 / 22.06.2015
4903

Qozog‘istonda o‘rta asr o‘g‘uz jangchisining qabri topildi

Qozog‘istonning Atirov viloyatadagi Terakli degan joydan talabalar o‘rta asr jangchisining qabrini topib olishdi. Bu haqda Interfaks agentligiga Atirov universiteti matbuot xizmati orqali ma'lum bo‘ldi.


Aytilishicha, qabrda jangchi bilan birga uning oti ham ko‘milgan. Shuningdek, qabr ichidan 1 m li qilich, o‘q uchlari, sovut va ot abzali qoldiqlari topilgan.
Sovut temirdan yasalgan bo‘lib, 20 m og‘irlikka ega. Taxmin qilinishicha, u otga bargustivon vazifasini bajargan.
Qabr IX-XI asrlarga, ya'ni bu yerda o‘g‘uz qabilasi yashagan davrga oid. Bundan tashqari, aynan o‘g‘uzlar otlarini bargustivon bilan qoplagani ma'lum.

Top