16:46 / 22.06.2015
2910

Ramzon Qodirov Chechenistonda "IShID"ga yollanish holati mavjud emasligini aytdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov chechenlar orasida "IShID" safiga borib qo‘shilish holatlari mavjud emasligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, avvalroq jangarilar safida bo‘lganlar vatanga qaytarilmoqda.
"Mamlakat hududida "IShID" tarafdorlari yo‘q. Avval bo‘lganlar ham to‘g‘ri yo‘lga solinmoqda", deydi Qodirov.

U jangarilar yoshlar ongini zaharlashda Qur'onni xato talqin etishdan foydalanishayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Biroz oldinroq, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev "IShID" safiga minglab rossiyaliklar borib qo‘shilgani va bu oqimni to‘xtatishning iloji bo‘lmayotganini bildirgandi.

Top