12:40 / 22.06.2015
2155

"Real" Ramosga o‘rinbosar izlamoqda

"Yuventus" himoyachilaridan biri Leonardo Bonuchchi "Real" jamoasining transfer bozoridagi qiziqishlari doirasiga tushgan.

Madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres 28 yoshli ushbu italiyalik himoyachiga Serxio Ramosning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.

Biroz oldinroq, o‘zaro tushunmovchilik tufayli Ramos "Real"ni tark etish niyatida ekani xabar qilingandi.

El Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, "Real" Bonuchchi uchun 30 mln yevro to‘lashi mumkin.

Shuningdek, Peres bu o‘ringa munosib nomzod sifatida "Valensiya"ning argentinalik himoyachisi Nikolas Otamendini xarid qilishni mo‘ljallamoqda.

O‘z navbatida "Manchester Yunayted" Serxio Ramos va Otamendidan birini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Bonuchchi "Yuventus" bilan 2019 yilgacha tuzilgan shartnomaga ega hamda u Turinda yiliga 3,5 mln yevro maosh oladi.

Top