18:02 / 22.06.2015
2777

Rossiya 2018 yilgi mundialga tayyorgarlik xarajatlarini 30 mlrd rublgacha qisqartiradi

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun tayyorgarlik ko‘rish xarajatlari 30 mlrd rublga qisqartiriladi. Bu haqda Rossiya hukumati Qaror chiqardi. Qaror hukumat portalida e'lon qilingan.

Unda qayd etilishicha, Jahon chempionati — 2018 turnirini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish dasturi 660,6278 mlrd rubldan 631,4599 mlrd rublgacha (335,159 mlrd rubl —federal byudjyetdan) tushirildi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, jahon chempionati bahslari 2018 yining 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Top