16:08 / 22.06.2015
2214

«Trabzonspor» Vitaliy Denisovga qiziqish bildirmoqda

Turkiyaning "Trabzonspor" klubi O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovga qiziqish bildirmoqda.

Vitaliy Denisov 2013 yilning yanvaridan buyon Moskvaning "Lokomotiv" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Himoyachining "temiryo‘lchilar" bilan shartnomasi 2015 yilning dekabr oyida yakuniga yetishi ko‘zda tutilgan. "Trabzonspor" klubi vaziyatdan foydalanib, Vitaliy Denisovni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil oxirida, qishki transfer mavsumi oldidan Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi Vitaliy Denisov uchun 5 million yevro taklif qilgani xabar qilingan edi. Ammo "Lokomotiv" klubi sport direktori Kirill Kotov Vitaliy Denisov sotilmasligini bildirgan.

Top