06:21 / 23.06.2015
2786

200 dollarlik Beats naushniklarining tannarxi 18 dollarni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi

Muhandis Averi Lui 2013 yilda namoyish qilingan, 200 dollar turadigan Beats Solo HD naushnigini qismlarga ajratib, undagi ishlatilgan butlovchi qismlar narxi 18 dollarni tashkil qilishini aniqladi, deb xabar berilmoqda cultofmac.com saytida.

Naushnikni bo‘laklarga ajratish davomida uning konstruksiyasidagi qiziqarli jihat: qurilmaga faqatgina vazn berish uchun ishlatilgan 4 dona metall bo‘lak borligi aniqlandi. Luining aytishicha, bu xaridorda hashamatlilik, qimmatbaholilik va chidamlilik hissini uyg‘otadi.

Shu bilan birgalikda, qurilma tannarxiga nafaqat uni ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlar kirishi, xaridor nafaqat qurilma uchun, balki uning nomoddiy tashkil etuvchisiga ham haq to‘laydi, deb ogohlantirmoqda Lui.

Top